14:23 / 02.04.2017
3710

Armanistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

2 aprelda Armanistonda mamlakat parlamenti – Milliy kengashga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Saylovlarda 5 ta partiya va 4 ta blok ishtirok etmoqda. Ular uchun parlamentga o‘tish minimal chegarasi mos ravishda 5 va 7 foizni tashkil qiladi. Ovoz berishda 2,5 mln ga yaqin odam ishtirok eta oladi.

Ta'kidlanishicha, ushbu parlament saylovlari Armaniston boshqaruvning parlament shakliga o‘tgandan keyin o‘tayotgan birinchi parlament saylovlaridir. 

Armaniston prezidenti Serj Sargsyan saylovlarda ovoz berib bo‘ldi. U rafiqasi Rita Sargsyan bilan Yerevandagi maktablardan biridagi saylov uchastkasiga kelib ovoz berdi.

Sargsyan ovoz berishi vaqtida u bilan antiqa holat yuz berdi. Saylovchilarni indentifikatsiya qilish qurilmasi Armaniston prezidentini bir urinishda taniy olmadi va Sargsyan barmoqlarini bir necha marotaba skanerga qo‘yishiga to‘g‘ri keldi. 

"Byulletenni tashlayotganizda nima haqida o‘yladingiz?", deb so‘rashdi prezidentdan jurnalistlar. "Men tinchlikdan afzalroq narsa yo‘qligini o‘yladim va biz chegaralarimiz osoyishta va daxlsiz qolishi uchun barcha ishni qilamiz", deb javob berdi prezident. Sargsyan u tomondan boshqariluvchi Armaniston Respublika partiyasining saylovlardagi imkoniyatlari haqidagi savolga "Bugun imkoniyatlarni baholash vaqti emas, bugun ovoz berish vaqti", deb javob qaytardi.  

Mavzuga oid
Top