14:32 / 02.04.2017
9315

«Borussiya» futbolchisi yangi niqobi uchun muammoga duch keldi. Ishga sport brendlari aralashdi

Dortmundning «Borussiya» jamoasi hujumchisi Per-Emerik Obameyang Germaniya chempionatining 26-turida «Shalke»ga qarshi o‘yin vaqtida Nike firmasi tayyorlagan niqobni kiygan holda golni nishonlagani uchun jazolanishi mumkin. Bu haqda Goal xabar bermoqda.

«Borussiya»ning texnik homiysi Puma hisoblanadi va bu firma sport epirovkalari bozorida Nike bilan raqobatchi. Dortmundliklar jamoasi sport direktori Xans-Yoaxim Vattske ma'lum qildiki, Obameyyangning harakati reklama ruhida deb topilsa, sanksiya qo‘llanadi.

«Hozircha buni tasdiqlay olmayman. Ammo bu reklama ekani aniqlansa, Per-Emerik muammoga duch keladi», — degan Vattske.

Bundan oldinroq, ushbu uchrashuv vaqtida «Shalke»ning talismani uchrashuv hakami Feliks Tsvayyerga o‘yindan keyin qizil kartochka ko‘rsatgani haqida xabar berilgan va bu ish yuzasidan tegishli jazo chorasi ko‘rilishi mumkinligi aytilgandi.

Mavzuga oid
Top