19:41 / 02.04.2017
6130

Brexit'dan keyin Britaniya pasportlarining an'anaviy rangi qaytarilishi mumkin

Foto: Getty Images

Britaniyaning qizil rangdagi pasportlari 2019 yilda, ya'ni mamlakat Yevropa Ittifoqi (YeI)dan chiqqanidan so‘ng an'anaviy to‘q ko‘k rangga qaytishi mumkin. The Guardian shu haqida xabar berdi

Buyuk Britaniya pasporti yangi versiyasi dizaynini o‘zgartirish va ishlab chiqarish to‘g‘risidagi shartnoma doirasida mamlakat hukumati 490 million funt ajratmoqda. 

Britaniya IIV vakili mamlakat pasporti soxta hujjatlardan himoyalanish maqsadida har besh yilda o‘zgarishini ma'lum qildi. 

Joriy shartnoma 2019 yilda yakunlanadi, Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishini yoqlovchi ko‘plab siyosatchilar bu an'anaviy pasport dizaynini qaytarish uchun eng yaxshi imkon deb hisoblashadi. 

Idorada bu borada yakuniy qaror chiqarilmagani ta'kidlandi. 2017 yilning 29 martida mamlakat bosh vaziri Tereza Mey Brexit jarayoniga start bergani bois Britaniya 2019 yilda YeIni tark etishi kerak bo‘ladi. 

Mavzu
Brexit jarayoni
Mey Bryusselni Brexit boshlanganligi haqida xabardor etuvchi maktubni imzoladi
Barchasi
Mavzuga oid
Top