01:00 / 02.04.2017
4592

Uch karra jahon chempioni Xemilton "Formula-1"dan ketishini "ma'lum qildi"

"Formula-1" poygalarining uch karra jahon chempioni Lyuis Xemilton o‘z muxlislariga chempionatni tark etishini "ma'lum qildi".

Britaniyalik poygachi Instagram’dagi sahifasida chop etgan surati ostida “Zarur xabar. Lyuis Xemilton bugundan boshlab "Formula-1"dan ketmoqda” degan yozuv qoldirgan. 

Biroq Xemilton muxlislarini ko‘p ham asabiylashtirib o‘tirmadi va bu 1 aprel hazili ekanligini tan oldi.

“Aqldan ozish mumkin, hammani 1 aprel bilan!”, deb xabar oxiriga bir nechta smaylik qo‘shib qo‘ygan poygachi.

Xemilton "Formula-1"ning joriy mavsumdagi birinchi poygasi – Avstraliya Gran-prisida "Ferrari" poygachisi Sebastyan Fetteldan keyin 2-o‘rinni egalladi.

Mavzuga oid
Top