17:56 / 03.04.2017
12007

Agro Food Forum 2017: O‘zbekistonda oziq-ovqat sohasidagi xalqaro anjuman

Aprel oyining birinchi kuni Toshkentdagi “Zarqaynar” O‘zbek liboslari galereyasida “Agro Food Forum 2017” Xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi. Agro Food haftaligi doirasida o‘tkazilgan forum meva va sabzavotlarni qayta ishlash texnologiyalari va oziq-ovqat xavfsizligi mavzusiga bag‘ishlandi. 

Tadbirda kichik va o‘rta biznes vakillari, biznes-maslahatchilar hamda soha mutaxassislari meva-sabzavotlarni qayta ishlash va qadoqlash sifatini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni tanlash, o‘rnatish va ishlatish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. 

Keng miqyosda tashkil etilgan xalqaro anjumanda jahonda yetakchilik qilayotgan FAM (Belgiya), OCTOFROST (Shvetsiya), Cabinplant (Daniya), OMIP (Italiya), VISSER (Gollandiya), TOMRA (Belgiya), COMPAC (Yangi Zelandiya), FINIS (Gollandiya), Binder (Germaniya), Dutchgreenhouses (Gollandiya) kabi kompaniyalar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

Xorijiy kompaniya vakillari forumga tashrif buyurgan mehmonlarga meva va sabzavotlarni qayta ishlash sohasida yaratilgan zamonaviy texnologiyalar, ularning ahamiyati va erishilgan yutuqlar haqida ma'lumotlar berishdi. 

Tadbir odatiy forumlardan o‘zining originalligi bilan ajralib turdi. Tashkilotchilar forum dasturiga mas'uliyat va ijodkorona yondashgani bois, anjuman barcha mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Buni ishtirokchilar jonli ijrodagi mumtoz musiqa ohanglari ostida kutib olinishi, tanaffuslar paytida fokus ustalarining chiqishi va milliy cholg‘u asboblari ijrosidagi go‘zal taronalar yangrab turganidan ham sezish mumkin bo‘ldi.

Tushlik vaqtida barcha mehmonlarga to‘yona osh ulashildi. Tadbir so‘ngida esa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon tomonidan jonli ijroda taqdim etilgan sevimli qo‘shiqlar barchani chinakamiga mamnun etdi.

“GENERAL MACHINERY GROUP” (GMG) haqida

Mazkur forum “GENERAL MACHINERY GROUP” (GMG) kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, u Markaziy Osiyoda faoliyat olib borayotgan korxonalarga meva va sabzavotlarni qayta ishlash texnologiyalarini yetkazib beruvchi yirik kompaniyalar ichida eng yetakchisi sanaladi. 

GMG – nafaqat uskunalar yetkazib beradi, balki ularni o‘rnatib, sozlab, to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ta'lim ham beradi. 

Tadbirning nufuzi va unda olg‘a surilgan mavzularning dolzarbligini forumga tashrif buyurgan mehmonlar sonining ko‘pligidan ham bilish mumkin. Mazkur tadbir chet el tajribasini o‘rgangan holda, mahalliy tadbirkorlarga o‘z biznesini rivojlantirishi uchun yaqindan ko‘mak berib, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash sohasida o‘zining yuksak hissasini qo‘shib borishiga ishonamiz. 

IShTIROKChILAR FIKRLARI

Alfonson Kalifano, OMIP (Italiya) kompaniyasining vakili:

“O‘zbekiston agrar sohada yetakchi mamlakatga aylanishi uchun mamlakatingizda barcha shart-sharoitlar mavjud. Mahsulot ekish va ularni tez yetishtirish uchun juda yaxshi yerlar, ajoyib ta'mga ega mevalar mavjud. Bu mahsulotlarni jahon bozorida sotish uchun O‘zbekistonda katta imkoniyat bor. Bu borada kompaniyamiz o‘z tajriba va yordamini taqdim etishda davom etadi. Fikrimcha, GMG O‘zbekistonda meva-sabzavot ishlab chiqaruvchilarning eng yaxshi texnologiyalarga bo‘lgan katta potensial talabini qoniqtirish bo‘yicha muvaffaqiyatli ish olib bormoqda”.

Ruben Larson, OCTOFROST (Shvetsiya) kompaniya asoschisi va savdo direktori:

“Toshkentda bo‘lib o‘tgan Agro Food haftaligi menda katta taassurot qoldirdi. Sababi, ko‘rgazma GMG tomonidan a'lo darajada tashkil etilgan. Mazkur tadbirlar xaridor, mijozlar, hamkasblar bilan uchrashib, o‘zaro fikrlar almashish uchun katta imkon berdi. Biz mahsulotlarning tabiiyligi va sof ta'mini saqlagan holda muzlatish texnologiyalari bo‘yicha tajribalarimiz bilan o‘rtoqlashish maqsadida ushbu forumda ishtirok etdik”.

Simone Zaffoli, COMPAC (Yangi Zelandiya) savdo mutaxassisi:

“Men ushbu nufuzli anjumanda ishtirok etayotganimdan juda faxrlanaman. Biz O‘zbekiston bozori yuqori sur'atlar bilan rivojlanib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Mahsulotlarni eksport qilish va texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish yo‘lida ildam qadam tashlanmoqda. Bugungi forum va uch kun davomida tashkil etilgan ko‘rgazma mijozlar bilan yuzma-yuz ko‘rishib, sohadagi mavjud imkoniyatlarni yanada yaqinroq o‘rganishga yordam berdi”.

Stiven Xeil, TOMRA (Belgiya) mintaqaviy cavdo mutaxassisi:

Mazkur forum O‘zbekistonlik hamkasblarimizga faoliyatimiz haqida yaqinroq tanishtirish uchun katta imkon berdi. Bu esa insonlarning mahsulotlarni yanada yaxshiroq eksport qilish bo‘yicha yangi bilim-ko‘nikmalar olishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, xalqaro bozorda yanada mustahkam o‘ringa ega bo‘lishda ham o‘z hissasini qo‘shishiga ishonaman”.

Abdulaziz Jo‘rayev, Agro House kompaniyasining menejyeri:

“Bizning asosiy vazifamiz chet eldan keltirilgan urug‘larni fermerlarga taqdim qilish, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish vositalarini yetkazib berishdir. Kompaniya 3 yil avval tashkil etilgan Agro World ko‘rgazmasida ishtirok etib, ko‘plab fermer va dehqonlar bilan uchrashib, shartnomalar imzolashga muvaffaq bo‘ldi. Maqsadimiz – barcha mijozlarimizning talab-istagini qondirish va mamlakatimizning eksport salohiyatini yanada oshirishga o‘z hissamizni qo‘shishdir”. 

Tashkilotchi kompaniya sayti: gmgtrade.com

Reklama huquqi asosida.

Top