22:39 / 03.04.2017
4614

XVJ Ukrainaga 1 mlrd dollarlik navbatdagi mablag‘larni ajratdi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi direktorlar kengashi Ukrainaga makromoliyaviy yordam doirasida  $1 mlrd ajratishga qaror qilgan. Bu haqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ma'lum qildi. 
 
"Bu Ukraina islohotlarining navbatdagi tan olinishidir", deb yozdi Poroshenko tvitterda. 

2015 yil mart oyida XVJ Ukraina uchun 17 mlrd dollarlik 4 yillik kredit dasturini ochgandi. Bu dastur 2015-2016 yillarda 8 ta transh ajratish va dasturning har chorakda qayta ko‘rilishini ko‘zda tutgan. Ukraina bu 8 ta transhdan 3 tasini: 5 mlrd, 1,7 mlrd va 1 mlrd dollarni olgan. Oxirgi kredit 2016 yil sentabrda taqdim qilingan.   

Top