03:00 / 03.04.2017
19095

La-Liga. "Barselona" safarda yirik g‘alabaga erishdi

Ispaniya Primerasining 29-turida "Barselona" musobaqa autsayderi "Granada" uyiga safar qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 1:4 hisobida kataloniyaliklar foydasiga hal bo‘ldi. 

Uchrashuvning 44-daqiqasida Suares hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 5-daqiqasida Boga oradagi farqni tenglashtirdi. 64-daqiqada Pako Alkaser, 83-daqiqada Rakitich va o‘yin so‘ngida Neymarning kiritgan gollari evaziga "Barselona" yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Granada – Barselona 1:4 (0:1, 1:3)
Gollar:
0:1 – 44 Suares, 1:1 – 50 Boga, 1:2 – 64 Pako Alkaser, 1:3 – 83 Rakitich, 1:4 – 90 Neymar.
Granada – Ochoa, Fulke, Sone, Lomban, Silva (Kuenka, 78), Litri, Agbo, Mubarak, Angban (Boga, 46), Kravets (Ramos, 55), Pereyra.
Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto, Maskerano, Mate, Alba, Buskets, Andre Gomesh (Inesta, 67), Rakitich (Alenya, 87), Rafinya (Pako Alkaser, 17), Neymar, Suares.
Ogohlantirishlar: Serdji Roberto (28), Lomban (59), Alba (60), Rakitich (77), Agbo (79).
Chetlatish: Agbo (82).

Valensiya – Deportivo 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 10 Garay, 2:0 – 29, avtogol Albentosa, 3:0 – 90 Joau Kanselu.
Valensiya – Diyego Alves, Montoyya, Garay, Abdennur, Gayya (Joau Kanselu, 83), Parexo, Peres (Sikeyra, 75), Munir, Soler, Orelyana, Dzadza (Santi Mina, 78).
Deportivo – Lyuks, Xuanfran, Albentosa, Sidney, Navarro, Xil, Gilerme, Bergantinos (Moreno, 70), Fajr (Cholak, 46), Xoselu, Andone.
Ogohlantirishlar: Montoyya (7), Xoselu (16), Abdennur (50), Peres (55).

Top