16:11 / 03.04.2017
7186

New Shepard turistik kapsulasining yangi dizayni namoyish etildi (4 surat)

Blue Origin kosmik korporatsiyasi (Vashington, AQSh) New Shepard raketalaridan joy oluvchi kosmik kapsulalar intereri tasvirini taqdim etdi. Amazon internet kompaniyasi asoschisi Jyef Bezos rahbarligi ostidagi xususiy aerokosmik korporatsiya kelasi yilda suborbital balandlikda turistik parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. TheVerge shu haqida xabar berdi

Korporatsiya tomonidan taqdim etilgan suratlardan kelib chiqib, tor va noqulay kosmik qurilmalar davri tugallanib borayotgani haqida ijobiy xulosa qilish mumkin. Turistik parvozlar yuqori narx-navoga munosib qulay shart-sharoitlarda amalga oshirilishiga umid qilinmoqda. Ishlab chiqaruvchilar kapsuladagi 6 nafar yo‘lovchining har biriga mo‘ljallangan joylarni katta to‘rtburchak oynalar - balandligi 43 dyuym (109 santimetr)ni tashkil qiluvchi illyuminatorlar bilan ta'minlashgan. Kosmik sayyohlar o‘tirgan joylaridan ajoyib manzaning guvohi bo‘lishlari mumkin. 

New Shepard kemasining yo‘lovchi-sayyohlari uchun taklif qilinadigan qulaylik tadqiqot parvozlariga mo‘ljallangan SpaceX Crew Dragon va Boeing Starliner kosmik kemalarining asketik jiddiy jihozlariga umuman o‘xshamaydi. 2017 yilning aprel oyi boshlarida Kolorado-Springsdagi Blue Origin kompaniyasi turistik kosmik kapsulaning real maketini tomosha qilish imkonini taqdim etadi. Suborbital parvozlarning o‘zi esa texnik va tashkiliy muammolar yuzaga kelmagan taqdirda 2018 yilga rejalashtirilmoqda. Parvoz narxiga doir ma'lumotlar keltirilmagan. 

 

Mavzuga oid
Top