22:10 / 03.04.2017
14626

Peterburgdagi terakt qurbonlari soni 14 nafarga yetdi

Sankt-Peterburg metrosida sodir etilgan portlash oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 14 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda manbaga asoslangan holda  «Fontanka.ru» xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, vagonda portlash ro‘y bergan vaqtda 11 kishi hayotdan ko‘z yumgan, yana ikki kishi Mariina shifoxonasida jon bergan.

Yana bir ayol shifoxonaga borish yo‘lida olamdan o‘tgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qurbon bo‘lganlarning jarohatlari shuni ko‘rsatadiki, portlovchi qurilma metall shariklar va gaykalar bilan to‘ldirilgandi.

3 aprel kuni, mahalliy vaqt bilan soat 14:40da (Toshkent vaqti bilan soat 16:40) metroning «Sennaya ploshchad» va «Texnologicheskiy institut — 2» bekatlari oralig‘ida harakatlanishni boshlagan poyezdda portlash ro‘y berdi. Tergov qo‘mitasi ushbu hodisa bo‘yicha ushbu terakt bo‘yicha jinoiy ish ochgan.

Top