21:08 / 03.04.2017
34117

Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi Peterburgdagi terakt tufayli qoldirilmaydi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga 4—5 aprel kunlariga belgilangan davlat tashrifi qoldirilmaydi. Sankt-Peterburg metrosida yuz bergan teraktdan so‘ng «RIA Novosti» agentligi  O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixona vakiliga shu borada murojaat qilgan.

«O‘ylashimcha, tashrif amalga oshadi», — degan elchixona vakili.

Bugun, 3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosida portlash yuz berdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra ushbu portlash tufayli 10 kishi halok bo‘lgan, 22 kishi jarohatlangan.

Shavkat Mirziyoyev 4 aprel tongida Moskvaga uchib ketadi

Top