21:37 / 04.04.2017
14420

15 metrli quduqqa qulagan bola omon qoldi

Foto:Xinhua

Sharqiy Xitoydagi Fandun qishlog‘ida 15 metr chuqurlikdagi quruq quduqqa 2 yoshli bola qulab tushdi. "Sinxua" agentligi shu haqida xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, dushanba kuni kunduzi bolakay diametri 30 santimetr bo‘lgan himoyalanmagan quduqqa qulagan. Uni qutqarish amaliyotiga o‘nlab ekskavatorlar va buldozerlar jalb qilingan bo‘lib. Qutqaruv operatsiyasi 9 soatdan ortiq davom etgan. Nihoyat tungi soat 3:00 atrofida qutqaruvchilar bolani quduqdan olib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan.

Xabarda ta'kidlanishicha, hozirda bolakay o‘zini yaxshi his qilmoqda. Shunga qaramay, u biroz vaqt shifoxonada, shifokorlar nazorati ostida bo‘ladi. 

Foto:Xinhua
Foto:Xinhua
Foto:Xinhua

 

Top