18:43 / 04.04.2017
6644

2016 yilda 9,5 mingdan ortiq jismoniy shaxs mol-mulkini noqonuniy ravishda ijaraga bergan

O‘tgan 2016 yilda 9553 nafar jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulkini noqonuniy ravishda ijaraga berish holatlari aniqlangan bo‘lib, ushbu fuqarolarga nisbatan ma'muriy jazo choralari qo‘llanilgan, deb xabar beradi Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati

Joriy yilning o‘tgan davrida 801 nafar fuqaro ko‘chmas mulklarini (turar va noturar joy)larni tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan ijaraga berganligi aniqlangan.

Soliq kodeksining 192-moddasida deklaratsiya qilinishi shart bo‘lmagan daromadlarni olgan jismoniy shaxslar jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkinligi belgilangan.

Jismoniy shaxslar to‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlariga qo‘llanilmagan imtiyoz summalarini doimiy yashash joyidagi soliq organlari taqdim etiladigan jami yillik daromadlari haqidagi deklaratsiyalari asosida soliqqa tortilmaydigan daromadlarini soliq solingan daromadlardan chegirish orqali qaytarib olish huquqiga ega.

Top