8208.04 USD +26.96

9490.14 EUR +63.08

123.85 RUB +1.12

10796.9 GBP +61.65

13:05 / 04.04.2017 14319

Aleksis Sanches qaysi jamoaga o'tishni istayotgani aniq bo'ldi

Chililik futbolchi Aleksis Sanchesning «Arsenal»dagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda.

The Telegraph nashri bergan xabarga ko'ra, 28 yoshli futbolchiga «Chelsi», «PSJ», «Yuventus» va Xitoyning bir necha klublari qiziqish bildirmoqda. Ammo futbolchining o'zi «Chelsi»ga o'tishni istamoqda.

Shartnomaning moliyaviy tomonlari «ko'klar»ni tashvishga solayotgani yo'q. Biroq «Arsenal» Sanchesni qo'yib yuborishni istamayapti. Ayniqsa to'g'ridan-to'ri raqobatchiga futbolchini sotishni xohlamayapti.

Sanches o'zi uchun asosiy variant sifatida «Chelsi»ni ko'rmoqda, biroq boshqa klublardan tushadigan takliflarni ham ko'rib chiqishga tayyor.

Top