21:27 / 04.04.2017
12141

IShID jangarilari Mo‘sulning 30dan ortiq fuqarosini qatl qildi

IShID terrorchi guruhi jangarilari o‘zlari nazorat qilayotgan Mo‘sulning g‘arbiy qismini tark etishga uringan 30dan ortiq tinch aholi vakilini o‘ldirdi. Bu haqda OAV vakillariga Iroq armiyasi polkovnigi Ahmad al-Jaburiy ma'lum qilgan.

Harbiyning ma'lumotlariga ko‘ra, qatl etilganlarning barchasi erkaklardir. 

"IShID terrorchilari aholini qo‘rqitish maqsadida ularning tanalarini ko‘chalarga tashlab chiqqan", — degan Naynavo viloyatini IShIDdan ozod qilish bo‘yicha amaliyotlarning birlashgan qo‘mondonlik shtabi ofitseri. 

IShID jangarilari Mo‘sulning o‘zlari nazoratidagi tumanlarda istiqomat qiluvchi tinch aholi vakillariga hududni tark etishlariga izn bermaydi. 

Mavzuga oid
Top