11:27 / 04.04.2017
6435

Messining «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolashi muddati aniq bo‘ldi

«Barselona» jamoa hujumchisi Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda Cadena Ser radiosi xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar 29 yoshli argentinalik futbolchi bilan yangi besh yillik shartnomani may oyida imzolaydi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Barselona» Messiga yangi shartnoma tuzishi uchun qo‘shimcha 40 million yevrodan ortiq bonus to‘lashi va uning yillik maoshini 35 million yevroga qadar oshirishga tayyor ekani ma'lum bo‘lgandi.

Messining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida nihoyasiga yetadi.

Top