12:49 / 04.04.2017
24938

O‘zMTRK raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (O‘zMTRK) raisiga axborot siyosati bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi.

«Kun.uz» manbasining ma'lumot berishicha, turkum televizion loyihalar muallifi va prodyusseri, OAV sohasi eksperti Bobur Botirovich Alixonov O‘zMTRK raisi Xurshid Mirzohidovning o‘rinbosari vazifasini bajaradi.

Bobur Alixonov 1983 yildan boshlab televideniyeda turli lavozimlarda ishlab kelgan. O‘z vaqtida Axborot direksiyasi direktori  bo‘lgan Alixonovning so‘nggi ish joyi UzReport kanali bo‘lib qolayotgandi. U bu kanalda bosh prodyuser lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid
Top