09:41 / 04.04.2017
7978

Janubiy Koreya prezidenti lavozimiga 5 nomzod da'vogarlik qilmoqda

9 mayga belgilangan Janubiy Koreya prezidenti saylovlarida ishtirok etish uchun 5 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Bu haqda YTN telekanali xabar bermoqda.  

Oxirgi reytinglarga ko‘ra, nomzodlar orasida mamlakatdagi eng yirik muxolif partiya hisoblanuvchi "Demokratik partiya" nomzodi Mun Chje In yetakchilik qilmoqda. Uni 30 foiz ovoz beruvchilar qo‘llab-quvvatlamoqda. 

"Xalq partiyasi"dan An Chxol Su nomzodi bildirilgan, unga 20 foiz ovoz berilgan.

"Erkin Koreya partiyasi" o‘z nomzodi sifatida Kyonsan-Namdo viloyati gubernatori Xon Chjun Pxyoni, bu partiyadan ajralib chiqqan "Adolatli siyosiy partiya" esa Yu Son Min nomzodini bildirgan. 

"Adolat partiyasi" Janubiy Koreya parlamenti deputati Sim San Chjonni nomzod sifatida ko‘rsatgan.

Janubiy Koreyada prezidentlik saylovlari hokimiyatdan sobiq prezident Pak Kin Xening chetlatilishi va hibsga olinishi sababli muddatdan avval o‘tkazilmoqda. Prokuratura sobiq prezidentni poraxo‘rlik, hokimiyatni suiste'mol qilish va yot odamga maxfiy ma'lumotni berishda ayblamoqda. 

Mavzuga oid
Top