18:15 / 05.04.2017
8724

Eynshteyn maktubi 54 ming dollarga sotildi

20-asrning yirik fizik olimi Albert Eynshteynning fizika o‘qituvchisi Artur L. Konversga yozgan maktubi kim oshdi savdosida 53,503 AQSh dollariga baholandi. Uning boshlang‘ich narxi 15 ming dollar etib belgilangan edi. Maktubni xarid qilgan kishining shaxsiga oydinlik kiritilmagan. Savdo natijasi haqida The Washington Times nashri yozmoqda. 

Kim oshdi savdosini o‘tkazgan firma vakilining so‘zlariga ko‘ra, maktub ko‘p yillar mobaynida Konvers oilasida saqlangan. Maktub mazmunidan xulosa qilish mumkinki, u Konversning savollariga javoblardan iborat bo‘lib, ehtimollar nazariyasiga va tajribalar o‘tkazishga doir bo‘lgan. Xususan, unda tajribalar natijasini elektr statik nazariya vositasida isbotlash mumkinligi haqida so‘z boradi. Ehtimol, tajriba amalda o‘tkazilmagan balki xayoliy bo‘lishi mumkin. 

Konvers savollari yozuv mashinasida, Eynshteyn javoblari qo‘lda yozilgan. Maktubda bir nechta diagrammalar ham bor. 

 

Mavzuga oid
Top