22:22 / 05.04.2017
8430

Xalq muammolari bilan yuzma-yuz: Sirg‘ali tumani sayyor qabulda

5 aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan Sirg‘ali va Yakkasaroy tumani aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi. 

Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas'ul xodimlari, davlat organ xodimlari, tegishli idora rahbarlari hamda muammosi mavjud bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishdi. 

Sayyor qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalarigacha tuman aholisi tomonidan yo‘llangan murojaatlar ko‘rib chiqildi. 

Joriy yilning 4 aprel kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga mamlakat fuqarolari va tabdirkorlaridan Sirg‘ali tumani bo‘yicha jami 12 557 murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 12 162 tasi jismoniy shaxslardan hamda 395 tasi yuridik shaxslarga tegishlidir. 

Ayni damda murojaatlarning 10813 tasi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, 1744 murojaat esa ko‘rib chiqilmoqda.

Top