02:31 / 06.04.2017
12076

APL. «Manchester Siti» va «Liverpul» chempionlik kurashidan batamom chiqib ketdi

Angliya premer-ligasining yana ikki uchrashuvi bilan 31-tur o‘yinlariga yakun yasaldi. Unda markaziy uchrashuv oz bo‘lsada, qolgan savollarga javob sifatida xizmat qildi.

Londonda «Manchester Siti»ni qabul qilgan «Chelsi» chempionlik sari tashlayotgan qadami yo‘lida o‘ta muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Eden Azarning dubliga Serxio Aguero bitta gol bilan javob qaytara oldi xolos. Natijada «Chelsi» ochkolari sonini 72taga yetkazib oldi va amalda «Manchester Siti»ni chempionlik kurashidan chiqarib yubordi. «Siti» 58 ochko to‘plab 4-o‘rinda qoldi.

Turning yana bir uchrashuvida «Liverpul» «Bornmut»ni qabul qildi. Felipe Koutino va Divok Origi tomonidan kiritilgan gollarga Benik Afobe va Joshua King javob qaytardi va uchrashuv durang natija bilan nihoyasiga yetdi. Natijada «Liverpul» 60 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinda qoldi.

Angliya premer-ligasi, 31-tur

Liverpul – Bornmut 2:2 (1:1)
Gollar: Koutino (40), Origi (59) – Afobe (7), King (87).
Liverpul: Minole, Klavan, Lovren, Klayn, Milner, Veynaldum, Leyva, Koutino (Matip, 65), Jan, Firmino, Origi.
Bornmut: Boruts, Frensis, Deniels, Smit, Kuk, Uilsher, Arter, Pyu (Gradel, 83), Ayb (Freyzer, 61), King, Afobe.
Ogohlantirishlar: Leyva (28), Freyzer (90).

Chelsi – Manchester Siti 2:1 (2:1)
Gollar: Azar (10, 35) – Aguero (26).
Noaniq penalti: Azar (35, Chelsi)
Chelsi: Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Zuma (Matich, 46), Pedro, Kante, Azar (Loftus-Chik, 90), Fabregas (Villian, 81), Aspilikueta, Diyego Kosta.
Manchester Siti: Kabalero, Stounz, Kompani, Klishi, Navas, Fernandino, Delf, Silva, de Bryuyne (Sterling, 79), Sane (Nolito, 85), Aguero.
Ogohlantirishlar: Klishi (52), Delf (77), Kompani (83), Kante (90+1).

Mavzuga oid
Top