07:44 / 06.04.2017
4889

Bahrayn va "Gazprom" gaz va neft razvedkasida ishtirok etishga kelishib oldi

Foto: RIA

Bahrayn qirolligi va Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi gaz va neft konlarini razvedka qilishda ishtirok etish bo‘yicha kelishuvga keldilar. Bu haqda Bahraynga tashrif bilan kelgan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ma'lum qildi.  

"Gazprom" bilan gaz va neft konlarini razvedka qilishda ishtirok etishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan", deb Bahrayn qiroli bilan uchrashuv natijalariga ko‘ra yozdi Qodirov Instagram’da.

Qodirovning aytishicha, Bahrayn qiroli Hamad Checheniston bilan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniyat va sport sohalarida hamkorlik qilish haqida alohida qiziqish bilan gapirgan. Hamad ushbu masala bo‘yicha Bahrayn bosh vaziri va qolgan vazirlarga tegishli ko‘rsatmalar bergan.

Qodirovning aytishicha, u qirolni Chechenistonga qelishga taklif qilgan. Bungacha Chechenistonga qirolning o‘g‘li, Bahrayn qirollik gvardiyasi qo‘mondoni shahzoda Nosir tashrif buyuradi. 

Top