18:46 / 06.04.2017
4071

Yevroparlament Ukraina bilan vizasiz rejim uchun ovoz berdi

Yevropa parlamenti (YeP) Ukrainaga vizasiz rejim taqdim etishni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqida uning rasmiy saytida xabar berildi

"521 nafar YeP deputati - Ukrainaga vizasiz rejim taqdim etish uchun ovoz bergan bo‘lsa, 75 nafari bunga qarshi chiqdi, yana 36 deputat esa - betaraf". 

Manbada ta'kidlanishicha, YeI elchilarining Ukraina va Yevroittifoq o‘rtasidagi vizasiz rejim uchun ovoz berish jarayoni 26 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. 

Bundan avval Yevroparlament qo‘mitasi Ukraina bilan vizasiz rejimni qo‘llab-quvvatlagani ma'lum qilingan edi. Yevroittifoqning Ukrainadagi vakolatxonasi rahbari Xyug Mingarelli YeI va Ukraina o‘rtasidagi vizasiz rejim iyun oyi oxiriga qadar kuchga kirishini taxmin qilmoqda.

Top