20:15 / 06.04.2017
37983

Fotoreportaj: Toshkentda noyob retro-avtomobillar ko‘rgazmasi

Shu kunlarda Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazma kompaniyasida Event Expo 2017 — tantana-marosimlarning ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi tashkil etilgan. 

Event Expo 2017. Toshkentda noyob retro-avtomobillar ko‘rgazmasi boshlandi

Ko‘rgazma hududida retro-avtomobillar ko‘rgazmasi ham ochilgan. Retro avtomobillar ko‘rgazmasida 20dan ortiq retro avtomobil va 12 retro mototsikllar namoyish etildi. «Kun.uz» fotomuxbiri ko‘rgazmaga tashrif buyurib, fotoreportaj tayyorladi.

Ushbu avtomobillar ishlab chiqarilganiga 55-60 yil o‘tgan bo‘lsada, o‘zining muhtasham ko‘rinishini saqlab qolgan.

Retro-avtomobillar ko‘rgazmasi bir necha yildan beri tashkillashtirib kelinadi. Bu yerda urush davridagi «Polutorka» ham, «Pobeda» ham, «Riga» mototsikli ham taqdim etilgan. 

 

Top