12:39 / 06.04.2017
5927

"Maxsustrans" OTB ishtirokida yirik investitsion loyihani yo‘lga qo‘ymoqda

"Maxsustrans" DUKda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokida "Qattiq maishiy chiqindilar boshqaruvi" investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihada ikki qayta yuklash stansiyalarini tiklash va bir qayta yuklash stansiyasining yopilishi, 350 ta qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha yangi punktlarning qurilishi va 350 ta mavjud qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish punktlarining qayta tiklanishi, sanitar poligon va qayta yuklash stansiyalari uchun maxsus mashina va mexanizmlar sotib olish, 13,5 ming dona axlat konteynerini xarid qilish, Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududida 30 gektar maydonli yangi sanitar poligonini xalqaro standartlar bo‘yicha qurilishi va jihozlanishi ko‘zda tutilgan. 

Loyihaning umumiy qiymati 78,7 million dollarga baholanmoqda, bundan 69 millioni - OTB zayomi, 9,7 millioni esa - mahalliy mablag‘. 

Toshkent shahar hokimligi 2012 yildan beri shaharni bosqichma-bosqich chiqindilarni saralash tizimiga o‘tkazish harakatida. Hududiy kommunal foydalanish birlashmasi rahbar o‘rinbosari O.Bekmirzayevning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtda chiqindilarni saralash tizimiga o‘tish muddati taxminan 2018 yil boshlariga rejalashtirilgan. Ushbu tizim chiqindilar uchun maxsus rangli konteynerlar (oq rangli - qog‘oz, havorang - plastik, sariq - oziq-ovqat, qora - boshqa turdagi chiqindilar uchun) xaridini ko‘zda tutadi. 

Top