21:11 / 06.04.2017
10530

Sirdaryo viloyatida 54 nafar ota-ona ma'muriy javobgarlikka tortildi

Sirdaryo viloyati prokuraturasi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasi va uning quyi tizimlari xodimlari bilan hamkorlikda viloyat hududida “Davomat” amaliyotini o‘tkazishdi. Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shu haqida xabar berdi.

Operatsiya davomida muntazam ravishda o‘qishga kelmaganligi qayd etilgan 631 o‘quvchidan 504 nafari o‘qishga qaytarildi. 

Bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmagan 54 nafar ota-ona O‘zbekiston Respublikasining "Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksining 47-moddasiga ko‘ra javobgarlikka tortildi.

Top