07:28 / 06.04.2017
5888

Tramp va Merkel Ukraina va Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp va Germaniya kansleri Angela Merkel 5 aprel kuni telefon orqali Ukraina sharqidagi ixtilof va Afg‘onistondagi vaziyatni hamda o‘zaro manfaatli boshqa bir qator masalalarni muhokama qildilar. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma'lum qildi.  

"Yetakchilar bu va boshqa masalalar bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga va harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib oldilar. Ular yaqin aloqada qolishga shartlashib oldilar", deyilgan xabarda.

AQSh va Germaniya harbiylari Afg‘onistonda mahalliy hukumatga xavfsizlikni ta'minlashda yordam ko‘rsatmoqdalar.

Germaniya, shuningdek, Ukraina, Fransiya va Rossiya bilan Ukrainadagi ixtilofni tartibga solish bo‘yicha "normand to‘rtligiga" kiradi. AQSh bu guruhga kirmaydi.  

Mavzuga oid
Top