03:28 / 06.04.2017
13173

Janubiy Koreya ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi

Janubiy Koreya uchish uzoqligi 800 km ni tashkil qiluvchi ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda "Ryonxap" axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, raketa sinovida mamlakat mudofaa vaziri Xan Min Gu ishtirok etgan. Raketa sinalgan sana ma'lum qilinmagan.

"Yaqinda Anxindagi, Mudofaa vazirligining mudofaa tadqiqotlari instituti huzuridagi sinov poligonida "Xyonmu" turidagi ballistik raketa sinovi o‘tkazildi", deb keltirib o‘tdi harbiy manba so‘zlarini axborot agentligi. 

Janubiy koreyalik harbiylar ularning ballistik raketasi Shimoliy Koreyaning butun hududini qoplay olishini ma'lum qilganlar.   

Mavzuga oid
Top