14:07 / 07.04.2017
38591

AQShning Suriya aviabazasiga 59 ta raketa zarbasi (foto)

7 aprel kuniga o‘tar kechasi AQSh Suriyaning Xoms viloyatidagi hukumat harbiylari nazoratida bo‘lgan Shayrot aerodromiga zarba berdi. Bu suriyalik harbiylar tomonidan Idlibda kimyoviy qurol ishlatilganiga javoban yuz berdi. AQSh o‘zining harbiy kemalaridan 59 ta “Tomagavk” qanotli raketalarini uchirgan. Donald Tramp o‘tkazilgan amaliyotdan so‘ng bayonot bilan chiqdi.

Reuters’ning xabar berishicha, AQSh raketa zarbalari tufayli to‘rt nafar suriyalik harbiy halok bo‘lgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, Amerika qanotli raketalari yordamida qilingan hujum tufayli Suriya HHK bazasi butunlay vayron etilgan. Suriya mudofaa vazirligi ushbu hodisa oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida hozircha rasmiy bayonot bermadi.

Quyida raketalar uchirilishi tasvirlangan fotosuratlar taqdim etiladi.

Top