21:52 / 07.04.2017
4454

Amerikalik naggetsning yillik zahirasiga ega bo‘lish uchun Twitter'da rekord o‘rnatishga kirishdi

Amerikaning Nevada shtatida yashovchi Karter Uilkerson Wendy’s restoranlar tarmog‘i bilan Twitter'da talab qilingan reaksiyalar soniga erishishi borasida bahslashdi. Yil davomida kompaniya naggetslaridan bepul baxramand bo‘lish imkonini qo‘lga kiritish uchun u 18 milliondan ortiq retvitga ega bo‘lishi kerak: servis tarixida hech kim bunday ko‘rsatkichga yaqinlashmagan ham.

Uilkersonning mikroblogidagi dastlabki yozuv Wendy’s rasmiy akkauntiga yo‘naltirilgan edi. 

"Vendis, naggetslaringizni bir yil bepul iste'mol qilish uchun qancha retvit bo‘lishi kerak?"

Kompaniya qisqa va lo‘nda javob berdi. 

18 million

Bu Uilkersonni to‘xtata olmadi va u chaqiriqni qabul qildi. 

"Hal bo‘ldi, deb hisoblayvering".

Amerikalik shundan keyin unga kerakli retvitni yig‘ishga ko‘mak berish so‘ralgan yozuvlar skrinshotini havola qildi va bu virus kabi keng tarqaldi. Maqola nashrga chiqqunga qadar 800 mingdan ziyod foydalanuvchi uni sahifasiga joylagandi. 

"Menga yordam bering, iltimos. Bu naggetslar menga kerak!"

Kompaniya bu yozuvga emzodilar bilan izoh qoldirdi. 

Uilkerson 18 million retvitga ega bo‘lishi uchun qancha vaqt kerak va kompaniya bir yillik zahira borasida hazil qildimi yoki yo‘q - hozircha noma'lum.

Bugungi kunga qadar Twitter foydalanuvchilarining hech biri bunday rekord ko‘rsatkichga hatto yaqinlashmagan ham. Hozircha eng mashhur tvit Ellen Dejyeneresning "Oskar" mukofotini topshirish marosimidagi yozuvi hisoblanadi - u 3,2 milliondan ziyod marta retvitlangan.

Ikkinchi o‘rinda - musiqachi Lui Tomlinsonning 2,4 million retviti, uchinchi o‘rinda - Ispaniyaning Elrubius  geymerining birgina so‘zdan iborat ("Limonada") yozuvi 1,4 million foydalanuvchi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Hillari Klintonning prezidentlik saylovlardagi mag‘lubiyatidan keyingi posti 1,2 million marta retvitlangan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Twitter auditoriyasi 320 million atrofida. Uilkerson bahs shartlarini bajarishi uchun taxminan har yigirmanchi foydalanuvchining qo‘llab-quvvatlanishiga muhtoj. 

Wendy’s restoranlarida 10 naggetsli katta porsiya narxi - 6,65 dollar, biroq u tarkibida ichimlik va salat ham bo‘lgan kombo-tushlik ko‘rinishida beriladi. 6 naggetsli to‘plam esa - atigi 1,99 dollar. 

Restoranlar tarmog‘i dunyoning 22 mamlakatida 6 mingdan ziyod inshootiga ega. 

Mavzuga oid
Top