08:18 / 07.04.2017
3562

Yaponiya Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni ikki yilga uzaytirdi

Yaponiya hukumati Shimoliy Koreyaga qarshi bir tomonlama sanksiyalarni ikki yilga uzaytirish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda RIA «Novosti» «Kiodo» agentligiga asosan xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, sanksiyalar KXDRdan Yaponiyaga mahsulotlar importini butunlay taqiqlash va Yaponiya portlariga Shimoliy Koreya kemalarini kiritmaslikni nazarda tutadi.

5 aprel kuni Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe KXDR tomonidan yangi raketaning uchirilishi - jiddiy fitna harakati ekanini ma'lum qildi.

Avvalroq Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon raketa uchirgani haqida xabar bergandik.

Mavzuga oid
Top