20:05 / 07.04.2017
15169

Foto: Stokholmdagi terakt ijrochisi sifatida gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi

Shvetsiya hukumati Stokholmdagi asosiy piyodalar ko‘chasi Drottninggatanda odamlar ustiga yuk mashinasini haydab borgani gumon qilinayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Expressen TV efirida Shvetsiya bosh vaziri Stefan Lyoven ma'lum qildi.

Ushbu shaxs surati ijtimoiy tarmoqda tarqalmoqda. U Spendrups kompaniyasiga tegishli yuk mashinasini o‘g‘irlagani aytilmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 nafarga yetdi, jarohatlanganlar soni aniq emas.

Mavzuga oid
Top