11:08 / 07.04.2017
4634

Italiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati 1350 muhojirni qutqarib qoldi

Yevropaga Italiya sohillari orqali o‘tmoqchi bo‘lgan 1350 muhojir O‘rta yer dengizida qutqarib qolindi, deb xabar bermoqda Italiya sohilbo‘yi xizmati.

Italiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati Sitsiliya bo‘g‘ozida falokatga uchrovchi muhojirlarga yordam berish bo‘yicha xalqaro sa'y-harakatlarni muvofiqlashtiradi. Biroq muhojirlarni qutqarish ko‘pincha qutqaruv kemalarining Yevropa sohillariga o‘tib olmoqchi bo‘lgan muhojirlar tomonidan ishg‘ol qilinishi eslatadi. 

Qutqarilgan odamlar Sitsiliya va Tunis o‘rtasidagi 160 km lik bo‘g‘ozni 5 ta shishirilgan sol, 6 ta yog‘och qayiq va barjada kechib o‘tmoqchi bo‘lishgan. Qutqaruvchilar kemalardan birida bir jasadni aniqlashgan.

Yordam buksir, savdo kemalari, Italiya va bir qator nohukumat tashkilotlarining kemalari ishtirokida amalga oshirilgan.

Mart oyi oxirida afrikalik muhojirlar uchun "Yevropaga darcha" hisoblanuvchi Liviya Italiya va Yevropa Ittifoqidan muhojirlarning Yevropaga noqonuniy o‘tishiga qarshi kurash uchun 800 mln yevrolik yordam so‘ragan. Ushbu pullarga radarlar, vertolyotlar, yo‘ltanlamas mashinalar, kater va uyali telefonlar sotib olish rejalashtirilgan. 

Yevropa Ittifoqining Frontex agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda Italiyaga O‘rta yer dengizi orqali 180 mingdan ko‘proq muhojir kelgan, ular asosan afrikaliklar hisoblanadi. 2016 yilda halok bo‘lgan va yo‘qolgan muhojirlar soni 5 mingdan ko‘proqni tashkil qilgan.

Fevralda Italiya va Liviya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘yicha kelishuv tuzgan. Kelishuv doirasida Italiya Liviya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati uchun 90 nafar xodim tayyorlab bergan. Yaqin orada Liviyaga Italiyada ta'mirlashda bo‘lgan 10 ta kater qaytariladi.

Top