00:23 / 07.04.2017
4260

Kiyev joriy yilda XVJdan yana 4,4 mlrd dollar olishi mumkin

Ukraina Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan kelishilgan dasturni bajarsa, joriy yilda jamg‘armadan yana 4,4 mlrd dollarlik kredit transhlari olishi mumkin. Bu haqda XVJning rasmiy vakili Jyerri Rays ma'lum qildi. 

Bundan bir necha kun avval XVJ Ukrainaning inqirozga qarshi dasturini uchinchi bor ko‘zdan kechirib chiqib, Kiyevga 1 mlrd dollar miqdorida moliyaviy yordam ajratgandi. 

Top