AQSh mudofaa vazirligining uqdirishicha, Suriya qurolli kuchlarining raketa zarbalari berilgan aviabazasida kimyoviy qurol saqlangan.
"Shayrat aviabazasi kimyoviy qurolni saqlashda foydalanilgan. AQSh razvedka xizmatlariga ko‘ra, Shayratdan uchgan samolyotlar 4 aprel kuni kimyoviy quroldan foydalangan holda hujum qilgan. Aerodromga berilgan aviazarba Suriya tuzumining navbatdagi kimyoviy hujum qilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida amalga oshirilgan", — deyiladi Pentagon rasmiy vakili Jyeff Devis bayonotida.
Unga ko‘ra, aviabazaga 59ta raketa uchirilgan. Bundan avval, 50ta qanotli raketa uchchirilgani haqida xabar qilingan edi.