17:28 / 07.04.2017
12152

Samarqand viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi

Samarqandda viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi boshqaruvining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Samarqand hokimligi matbuot-xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Nigora Rabbimova o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi. 

Mazkur vazifaga O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Marhabo Fafurova nomzodi taklif etilib, boshqaruv a'zolari tomonidan ma'qullandi.

Top