10:40 / 07.04.2017
6571

Tramp Shimoliy Koreyaga qarshi bir tomonlama harakatlarga tayyor ekanini ma'lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp KXDRga qarshi bir tomonlama harakatlarga tayyor ekanini ma'lum qildi. Biroq, u bunga Xitoy ham qo‘shilishidan umid qilmoqda, deb xabar berdi Reyter agentligi.

Tramp bir tomonlama harakatlarga tayyor ekani haqidagi savolga: “Ha, albatta, men tayyor bo‘lgan bo‘lardim”, deya javob qaytargan.

"Biroq o‘ylashimcha, Xitoy qo‘shilishni istab qoladi", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi AQSh prezidenti.

Avvalroq Yaponiya hukumati Shimoliy Koreyaga qarshi bir tomonlama sanksiyalarni ikki yilga uzaytirish haqida qaror qabul qilgani haqida xabar bergandik.

Top