20:32 / 08.04.2017
20631

3D printerda chop etilgan uyga sayohat

Ukrainaning yangi startapi Passivdom 3D nashr texnologiyasidan uncha katta bo‘lmagan modul uylarni tiklashda foydalanmoqda. Printer 35 metr kvadrat maydonli uyning devorlari, tom va polini 8 soatlar atrofida nashr qiladi. Deraza, eshik, santexnika jihozlarini joylashtirish va elektr tarmoqlarini o‘rnatish keyinchalik ishchilar guruhi tomonidan tamomlanadi. Bu yo‘l bilan tiklangan uylar to‘liq muqobil  va ko‘chma bo‘lib, ularni tashqi elektr tizimlari va ichimlik suv tizimlariga ulash talab etilmaydi. 

Uy quyosh batareyasi hamda havodagi suvni kondensatlash usulidan foydalanadi. Bundan tashqari, tizimga kerakli suvni quyish ham mumkin. Chop qilingan uylarning muqobil kanalizatsiya tizimi ham ko‘zda tutilgan. Quyida bu kabi uylarning tashqi va ichki ko‘rinishlari qanday ekanini ko‘rish mumkin. Marketolog Mariya Sorokinaning  Business Insider nashriga ma'lum qilishicha, eng arzon Passivdom 31,9 ming dollar turadi. 

Kirish eshigi ostonasidan uy shunday ko‘rinadi. Oshxona bilan tutashib ketgan yaxlit xona. 

Bu modelda alohida yotoqxona ko‘zda tutilmagan, oshxona yonida kichik cho‘milish xonasi mavjud. 

Passivdom bu kabi uylarning uch xil namunasini taklif etmoqda. Ammo, mijoz o‘z xohishiga ko‘ra, buyurtma berishi ham mumkin. 

Shunday uylar tufayli tabiat qo‘ynida istovchilar katta shaharlardan uzoqroqda istiqomat qilishlari mumkin. 

«Biz tabiatga yaqinroq bo‘lgan holda qulaylik voz kechmasdan yashash imkoniga ega bo‘lishimiz kerak. Bu texnologiya o‘rmonda, tog‘da va yoki sohilbo‘yida yashash imkonini beradi», — deydi Mariya Sorokina.

Passivdom uylarini ishlab chiqish uchun startap jamoasi 3D printer uchun chizmalarni tayyorlaydi. Ular Ukraina va Kaliforniyadagi fabrikalarda tayyorlanadi. Printer 7 o‘qli uyning 20 smlik tom, pol va devorlarini uglerod, bazalt tolalari, poliuretan, smola va shishatolalardan foydalangan holda qavatma-qavat chop etadi. 

So‘ngra, eshiklar, deraza, maishiy texnika, signalizatsiya, quyosh panellari va tozalash, elektr hamda havo aylantirish, xavfsizlik tizimlari o‘rnatiladi. Modeldan kelib chiqib, bu jarayonning barchasiga 24 soatgacha vaqt ketishi mumkin. Yirikroq va maxsus buyurtmali uylarni ishlab chiqish 1 oygacha vaqtni olishi mumkin. 

Startap asoschilarining fikricha, 3D nashr — uy qurishning arzon va samarali usulidir. Shu bilan birga, ularni birmuncha arzon narxlarda sotish mumkin. 

«Yuz milliondan ortiq inson uysiz kun kechiradi, — deydi Sorokina. — Arzon uy-joylar nafaqat tejash imkoniyati, balki zaruratdir».

Top