15:05 / 08.04.2017
29645

Moskva metrosida qo‘llarida portlovchi modda izlari bo‘lgan shaxslar ushlandi

Rossiya poytaxti Moskva shahri metropolitenida xavfsizlik choralarining kuchaytirilishi ilk natijalarni keltirdi – uch bekatda qo‘llarida portlovchi modda izlari bo‘lgan besh nafar yo‘lovchi ushlandi. Bu haqda Life xabar bermoqda

Ma'lum bo‘lishicha, ushbu shaxslar tekshiruvlar paytida ushlangan hamda barchasi qirg‘izistonlik va qozog‘istonlik ekanligi aytilmoqda.

-  Maxsus qurilmalar ularning qo‘llari va kiyimlarida nitroglitserin va tetril zarrachalari izlarini topgan, - deya ma'lum qilishgan Rossiya IIVdan. – Bu moddalar qo‘lbola portlovchi qurilmalarni yaratishda foydalaniladi.

Xabar qilinishicha, erkaklar "Taganskaya", "Kaxovskaya" va "Kolomenskaya" metro bekatlarida ushlangan.

Ayni damda ularning qo‘llarida portlovchi modda izlari qayerdan paydo bo‘lgani aniqlashtirilmoqda.

Mavzuga oid
Top