12:45 / 08.04.2017
12886

"Svetga pul to‘lang": Ishdan bo‘shagan xodim fuqarolarni aldab, pul olgani ma'lum bo‘ldi

Angren shahrida istiqomat qiluvchi Jamshid Mutavalliyev hozirda tuman elektr tarmoqlari idorasidan bo‘shagan bo‘lsa-da, mahallalarda ishlatilgan elektr xaqini to‘lash kerak, deb fuqarolarni aldab soxta to‘lov qog‘ozlari va muhr yordamida pul undirib yuradi. Tuman elektr ta'minoti tarmoqlari inspektori bo‘lib ishlaganligi bois,  o‘ljalar soni kutganidan ham ziyoda bo‘ldi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIB.

Aslida Jamshid Mutavalliyev bir necha bor firibgarlik jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
 
2016 yil 10 mart kuni  Jamshid Mutavalliyev Feruza Parpiyevaning ishonchiga kirib, u istiqomat kilayotgan xonadonning kommunal to‘lovlarini to‘lab qo‘yishligini va'da qiladi. Hisobida jami 550.000 so‘m pul bulgan bir dona plastik kartochkasini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.  
     
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, har bir fuqaro o‘z haq-huquqlarini yaxshi anglab, qonunlarni puxta o‘rgansalar, olgan huquqiy bilimlari bunday firibgarlarning nayrangiga qarshi eng samarali vosita bo‘ladi.

Top