8441.36 USD -14.01

9493.15 EUR -61.42

131.78 RUB +0.25

10963.6 GBP -96.83

08:55 / 08.04.2017 4957

Tramp Oq uyda xodimlarni o‘zgartirishni rejalashtirmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin orada Oq uy xodimlari orasida bir qator o‘zgartirishlarni amalga oshirmoqchi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, Tramp uning yaqin maslahatchilari va yordamchilari o‘rtasida ziddiyatlar yuzaga kelayotganidan norozilik bildirmoqda. Ma'lum qilinishicha, ushbu mojarolar Suriyadagi ixtilof ortida yanada ahamiyatli ko‘rinish olgan.

Tramp, jumladan, Oq uy xodimlari apparati rahbari Rayns Pribesni o‘zgartirishi mumkin. Uning o‘rniga Milliy iqtisodiy kengash direktori Geri Kon kelishi mumkin.

Axios nashrining yozishicha, Pribes o‘rniga, shuningdek, kongressmen Kevin Makkarti va taniqli tadbirkorlar Ueyn Berman (Blackstone Group) va Devid Urban (American Continental Group) kelishlari mumkin.

Tramp, shuningdek, o‘zining maslahatchisi Stiven Bennondan ketishini so‘rashi mumkin. Bennon Oq uy huzuridagi milliy xavfsizlik kengashi tarkibidan istisno qilindi.

OAVdagi bu xabarlarga Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Lindsi Uolters ular yolg‘onligi va "AQSh ma'muriyati erishayotgan muvaffaqiyatlardan e'tiborni chalg‘itishga qaratilgani" bilan javob berdi. 

Top