09:30 / 08.04.2017
14045

Trampning nabirasi Si Tszinpin uchun xitoy tilida qo‘shiq kuylab berdi

AQSh prezidenti Donald Trampning nabirasi - 5 yoshli Arabella Kushner Xitoy xalq respublikasi raisi Si Tszinpinga xitoy tilida qo‘shiq kuylab berdi. Bu haqda uning onasi Ivanka Tramp tvitter’dagi sahifasida xabar berdi.

«Arabellay va Jozef hamda ularning prezidenti Si Tszinpin va Pen Liyuan xonimning AQShga rasmiy tashrifiga atab chiqish qilishgani bilan juda faxrlanaman», - deya yozgan Ivanka.

Ivanka Tramp tomonidan taqdim etilgan videoda Arabellaning xitoy tilidagi qo‘shiqni fortepiano jo‘rligida kuylayotganini ko‘rish mumkin.

Avvalroq Ivanka Tramp Suriyaga berilgan zarbadan keyin otasi bilan faxrlanishini aytgani haqida ham xabar bergandik.

Mavzuga oid
Top