22:56 / 08.04.2017
6135

O‘zbekistonga joriy yilda 2,5 ming yaponiyalik sayyoh tashrif buyurishi kutilmoqda

Joriy yilda yaponiyalik sayyohlarni O‘zbekistonga yetkazish bo‘yicha 10 charter reys amalga oshiriladi. Reyslar  2017 yilning aprelidan oktabrigacha davom etadi. Kunchiqar mamlakatdan 2500 sayyoh kelishi rejalashtirilgan. Aprel oyidayoq 750 nafar yaponiyalik sayyoh 3 ta reys bilan Samaraqandga yetkaziladilar.  

7 aprelda Samarqandda Yaponiyadan kelgan ilk charter reysi tantanali ravishda kutib olindi. Yaponiyaliklar bir haftalik sayohatlari davomida Samarqand, Buxoro va Xivaga tashrif buyuradilar. Sayohat davomida turli ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish hamda tarixiy va arxitektura yodgorliklariga ekskursiyalar amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Yaponiyalik sayyohlarning O‘zbekistondagi tashriflari doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarni O‘zbekiston telekanallari va Yaponiyaning NHK telekompaniyasi yoritib boradi.

Top