20:16 / 09.04.2017
22100

10 aprel kuni O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Toshkent. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 10 aprel kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top