16:48 / 09.04.2017
19869

Andijonda kartoshka 2200 so‘mdan sotilishi boshlandi

Andijon viloyatidagi bozorlar va savdo do‘konlarida mart oyi davomida kartoshka narxi keskin qimmatlashib ketgandi.  
«Kun.uz» muxbiri Andijon bozorlarida bo‘ldi. Uning ma'lum qilishicha, eski shahar hududidagi «Markaziy bozor» hamda «Yangi bozor» rastalarida tadbirkorlar tomonidan Rossiya va qo‘shni davlatlardan olib kelingan kartoshka aholiga 2200 so‘m narxda sotilmoqda.

«Andijon shahridagi bozorlar va savdo do‘konlarida  ham xuddi shu narxda kuniga 25 tonna, tumanlarda esa 5 tonnadan sifatli kartoshka keltirilib sotilyapti», deydi viloyat bozorlar uyushmasi vakili. 

Viloyat hokimligi tashabbusi bilan amalga oshirilgan harakatlar tufayli barcha dehqon bozorlarida kartoshkaning narxi tushib bormoqda. Ushbu qulaylikdan aholi vakillari mamnunligini bildirishgan.

Top