23:48 / 09.04.2017
10775

Misrda 3 kunlik motam e'lon qilindi

Foto: AP

Misrda Tanta va Iskandariyadagi cherkovlarda sodir etilgan portlashlar sababli 3 kunlik motam e'lon qilindi. Bu haqda "Dot Masr" yangiliklar portali ma'lum qildi.

Misrda 9 aprelda bir necha soatlik farq bilan ikkita portlash sodir etildi. Birinchi portlash ertalab Tanta shahrining bosh cherkovida sodir etilgan. Bu yerda 31 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohat olgan. Portlashni ibodat vaqtida cherkovga kirib olgan xudkush amalga oshirgan.

Keyinroq Misrning yirikligi bo‘yicha ikkinchi shahri hisoblangan Iskandariyada ham xudkush cherkovga kiraverishda o‘zini portlatgan. Bu vaqtda cherkovda kopt patriarxi Tavadros II bo‘lgan. Bu teraktda halok bo‘lganlar orasida 4 nafar politsiyachi bor bo‘lib, ular o‘zlarining hayotlari evaziga xudkushni to‘xtatib, uning cherkovga kirishiga yo‘l qo‘ymaganlar. Buning evaziga ko‘proq qurbonlar bo‘lishining oldi olingan.

Mavzuga oid
Top