19:25 / 09.04.2017
25448

Turkish Airlines samolyoti bortida yo‘lovchi farzandli bo‘ldi

Afrikalik kelib chiqishga ega Fransiya fuqarosi Diabi Nafi "Konakri — Uagadugu  — Istanbul" reysini amalga oshirayotgan Turkish Airlines aviakompaniyasi bortida qiz farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqida 9 aprel kuni Anadolu nashri xabar berdi. 

Parvoz vaqtida ayolni to‘lg‘oq tutib qolgan. Turkish Airlines'ning maxsus o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tagan bort kuzatuvchilari 13 ming metr balandlikda ayolning farzandini dunyoga keltirishga ko‘maklashishdi.

Samolyot Burkina-Faso poytaxti Uagaduguda qo‘nganidan so‘ng yo‘lovchi ayol va uning farzandi shifoxonaga yetkazilgan. Ona va bolaning ahvoli yaxshi. 

Ekipaj a'zolari esdalik uchun yangi tug‘ilgan qizaloq bilan suratga tushishdi. 

 

 

Top