13:07 / 10.04.2017
15355

2017/2018 o‘quv yilida Turin politexnika universitetiga qancha kishi qabul qilinishi ma'lum

Turin politexnika universiteti yangi o‘quv yilida to‘lov-shartnoma asosida 350 kishini quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga qabul qiladi:

– «Mashinasozlik texnologiyasi» - 200 kishi;
– «Energetika» - 25 kishi;
– «Sanoat-fuqarolik qurilishi va arxitektura» - 25 kishi;
– «Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi» - 100 kishi.

Ta'lim muassasasining magistratura bosqichiga to‘lov-shartnoma asosida 50 kishi quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha qabul qilinadi:

– «Mexatronika» - 25 kishi;
– «Sanoat marketingi» - 25 kishi;

Turin politexnika universitetiga abituriyentlar qabul qilish kvotasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 apreldagi «2017/2018 o‘quv yilida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga qabul to‘g‘risida»gi qarori bilan belgilandi.

Top