01:12 / 10.04.2017
5029

Bundesliga. 28-turga yakun yasaldi

Germaniya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan yana ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi va tur o‘yinlariga yakun yasaldi.

«Herta» o‘z uyida «Augsburg»ni qabul qilib, birinchi bo‘limda kiritilgan gollar evaziga g‘alaba qozondi. Autsayderlar «Ingolshtadt» va «Darmshtadt» jamoalari o‘rtasida kechgan uchrashuvda esa mezbonlarning qo‘li baland keldi. Natijada «Darmshtadt»ning bundesligani tark etishi deyarli aniq bo‘lib qoldi.

Germaniya bundesligasi, 28-tur

Herta – Augsburg 2:0 (2:0)
Gollar: Bruks (12), Shtoker (37).
Herta: Yarsteyn, Pekarik, Langkamp, Bruks, Plattenxardt, Shelbred, Shtark (Allan, 80), Shtoker (Mittelshtedt, 69), Darida (Essvayn, 88), Kalu, Ibishevich.
Augsburg: Xitts, Verxag, Danzo, Yanker, Maks, Kor (Halil Oltinto‘p, 69), Bayyer, Taygl (Shmid, 85), Gu Chja Chxol, Chji Dong Von, Finnbogason (Usami, 80).
Ogohlantirishlar: Kor (42), Darida (79), Yanker (82).

Ingolshtadt-04 – Darmshtadt 3:2 (1:2)
Gollar: Gross (19), Koen (68), Zuttner (72) – Vranchich (33), Vranchich (39, penalti).
Ingolshtadt-04: Xansen, Matip, Brejyeri, Tisseran, Lekki, Koen, Rojyer (Morales, 61), Zuttner, Gross, Kittel (Yung, 89), Leskano (Xinterzeyer, 90).
Darmshtadt: Esser, Shtaynxofer, Xen, Sulu, Xolland, Kamavuaka (Shipplok, 81), Oltinto‘p, Sirigu, Vranchich (Guvara, 71), Platte (Rozental, 62), Cholak.
Ogohlantirishlar: Zuttner (75) –  Cholak (64).
Chetlatishlar: Brejyeri (87) – Cholak (87).

Top