18:28 / 10.04.2017
6789

Muxolifatchi Navalnyy ma'muriy hibsdan so‘ng ozodlikka chiqdi

Foto: AFP

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalnyy 15 sutkalik ma'muriy hibsdan so‘ng ozodlikka chiqdi

Ta'kidlanishicha, Navalnyy 10 aprel kuni Konkovo IIBga olib kelingan bo‘lib, o‘sha yerdan ozodlikka chiqarilgan. OAV vakillari esa Navalnyyni ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlashga mo‘ljallangan ikkinchi maxsus muassasa binosi yonida kutib turishgan.

Eslatib o‘tamiz, Moskva shahri Tver sudi Navalnyyni shahar markazida ruxsat etilmagan miting davomida politsiyaga qarshilik ko‘rsatgani uchun hibsga olgandi. Shuningdek sud uni ruxsat etilmagan ommaviy aksiya tashkillashtirgani uchun 20 ming rubllik jarimaga tortdi.

«U sizga shunchaki Dimon emas». Medvedevning «maxfiy imperiya»si fosh etildi

Navalnyy Medvedevni jiddiy aybladi. Ishda Alisher Usmonov ham bor

Navalnyyning reytingi ikki barobar o‘sdi va u nufuz borasida Putindan keyingi shaxsga aylandi

Mavzuga oid
Top