23:10 / 11.04.2017
17131

YeChL o‘yini arafasida portlash. «Borussiya» himoyachisi jarohatlangan

YeChLning chorak finali doirasida «Borussiya» va «Monako» jamoalari uchrashuvi oldidan portlash ro‘y bergan. Ushbu ma'lumot nemislar jamoasining tvitterida tasdiqlangan.

Bild ma'lumotiga ko‘ra, portlash dortmundliklar jamoasi avtobusi oldida sodir bo‘lgan va jamoaning ispaniyalik himoyachisi Mark Bartra jarohatlangan. U ayni vaqtda shifoxonaga olib ketilgan, qurbonlar yo‘qligi aytilmoqda.

Portlash stadiondan 10 km masofada ro‘y bergan. Hozircha uchrashuv o‘tkazilishi so‘roq ostida. Bartra boshlang‘ich tarkibga kiritilgandi, bu borada jamoa vakillari UYeFA bilan o‘yinning o‘tkazilishi masalasini muhokama qilishmoqda.

Dortmunddagi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:45ga belgilangan.

Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha ma'lum emas.

 

Mavzuga oid
Top